Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda O‘zbekiston OTMlari orasida yagona bo‘lgan media-markaz ochildi
    29.10.2019

    29-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi hamda Yaponiya hukumatlari kelishuviga muvofiq mamlakatimizdagi OTMlar orasida yagona bo‘lgan,  qiymati 1,6 mln. AQSh dollarini tashkil etuvchi o‘quv media-markazi ochildi.

    O‘quv media-markazining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) vitse-prezidenti janob Kazuxiko Kashikava, Yaponiya elchisi janob Fujiyama Yoshinori, universitet professor-o‘qituvchilari, OAV vakillari hamda talabalar ishtirok etishdi.

    Ochilish marosimidan so‘ng tadbir ishtirokchilari va mehmonlarga media-markazning barcha imkoniyatlari, eng ilg‘or texnologiyalar, uning faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

    O‘quv media-markazida xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, ta’lim tizimida eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, talabalarga amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda foydalaniladi. Bu orqali zamonaviy media makoniga yuqori tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni yetkazib berish maqsad qilingan.

    Ma’lumot uchun:

     O‘quv mediya markazida texnik qurilmalarni yetkazish va o‘rnatish ishlari Yaponiyaning Marubeni kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

    Loyiha doirasida oliygoh media-markaziga TV dasturlarni tasvirga olish tizimi, TV yoritkich qurilmalari, virtual studiya, TV yangiliklarni yaratish qurilmalari, videomontaj tizimi, raqamli fotostudiya qurilmalari, audio yozish tizimi, media pavilonni boshqarish qurilmalari o‘rnatilgan.

    Manba: Axborot xizmati