Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • «Bosh vazir kubogi»: G‘oliblari yana bir bor taqdirlandi
    16.11.2019

     Yaqinda vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida «Bosh vazir kubogi» uchun futbol musobaqalari  bo‘lib o‘tganidan habaringiz bor.   

    Qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tgan mazkur musobaqaning hal qiluvchi bahslari «Milliy» stadionida bo‘lib o‘tgandi.

    Uchinchi o‘rin uchun bahslarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi jamoasi Suv xo‘jaligi vazirligi jamoasiga qarshi bellashgandi. Ushbu uchrashuvda omad Suv xo‘jaligi vazirligi jamoasiga kulib boqqandi. Vazirlik jamoasi «Bosh vazir kubogi»da 4 o‘rinni egallagandi.  

    Final bahsida esa Oliy sud jamoasi  «O‘zbektelekom» AK jamoasiga qarshi to‘qnash kelgandi. Keskin va o‘ta murosasiz kurashlarga boy tarzda kechgan uchrashuvda Oliy sud jamoasi kichik – 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi va «Bosh vazir kubogi» sohibiga aylangandi. «O‘zbektelekom» AK jamoasiga 2-o‘rin nasb qilgandi.

    E’tiborlisi, turnirda ishtirok etgan 60 jamoa ichida aloqa sohasidan bir emas, ikki jamoa hal qiluvchi bosqichgacha yetib kelib bevosita sovrin uchun kurashgandi.

    «Bosh vazir kubogi»da vazirlikning 2 jamoasi ham yahshi natijalar ko‘rsatib 4-o‘rin va  2-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

    16 noyabr kuni tizimda sport turlarini keng rifojlantirish va tizim hodimlarini sport turlariga jalb qilish orqali sog‘lomlashtirish va ularni rag‘batlantirish maqsadida jamoalar bilan uchrashuv va  sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  

    Taqdirlash marosimida AKT vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etdi. «Bosh vazir kubogi» g‘oliblariga vazirlikning  sovg‘alari berildi.

    Manba: Axborot xizmati