Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Ucell va IT Park Ucell Mobile Challenge 2019 g’oliblarini taqdirladilar
    04.12.2019

    Ucell Mobile Challenge 2019 tanlovi g’oliblari birinchi uch o‘rinni va sovrin jamg’armasi 600 million so‘mni bo‘lishib olishdi.

    O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi binosida Ucell va IT Park tomonidan tashkillashtirilgan Ucell Mobile Challenge 2019 mobil ilovalar ishlab chiqish tanlovining g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Tanlov g‘oliblari quyidagilar bo‘ldilar:

    • 1-o‘rin – (300 mln. so‘m) Ucell Cashback System – abonentlar bilan aloqada bo‘lishga yordam beruvchi to‘lov ilovasi funksionaliga ega keshbek-platforma;

    • 2-o‘rin – (200 mln. so‘m) IZY – ijtimoiy tarmoqlardagi faollikni menetizatsiya qilish imkoniga ega onlayn-agregator;

    • 3-o‘rin – (100 mln. so‘m) Retail Research – biznes-jarayonlarni takomillashtirish uchun tezkor va qulay jihoz.

    Kompaniyalar haqida ma’lumot.

    IT Park

    Istiqbolli startap-loyihalarni, shu jumladan ilmiy va ilmiy-ma’rifiy tashkilotlarni integratsiyalash hisobiga ishga tushirish va bozorga olib chiqishni ta’minlashga mo‘ljallangan obyektlar, inshootlar va qurilmalar majmui. Faol, iste’dodli kishilar iqtisodiy, huquqiy, marketing va ilmiy-ma’rifiy qo‘llab-quvvatlash evaziga o‘z g‘oyalarini haqiqiy biznes-loyihalar darajasiga olib chiqishlari uchun real imkoniyatga ega bo‘ladigan joy.

    «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi)

    Kompaniya 1996-yil aprelda tashkil etilgan.

    O‘zining butun faoliyati mobaynida Ucell Kompaniyasi o‘z abonentlari uchun yangi takliflar ishlab chiqishga va kompaniya xizmatlari O‘zbekistonning eng chekka hududlaridagi aholiga ham yetib borishi uchun tarmoq qamrovini yanada kengaytirib borishga alohida ahamiyat qaratadi.

    2018-yil dekabr oyida mulkchilik o‘zgarganidan buyon o‘tgan davr ichida jamoa bir qator ijobiy natijalarga erishdi.

    Ucell Kompaniyasi mamlakatdagi eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri bo‘lib, Kompaniya tomonidan joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar yordamida eng yaxshi hayot sifati hamma joyga va har kimga yetib borishini ta’minlashga intiladi.

    Manba: Axborot xizmati