Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston bo‘ylab 84 ta obyektlarda 236 ta yangi UZMOBILE GSM baza stansiyalari foydalanishga topshirildi
    11.12.2019

    2019 yilda "O‘zbektelekom" AK "O‘zMobayl" filiali yangi antenna-machta inshootlari qurilishini hamda baza stansiyalarini ishga tushirishda davom etmoqda. Asosiy yangi obyektlar qishloq joylarda - mahalla va qishloqlarda ishga tushirilmoqda. 2019 yilning oktyabr-noyabr oylarida O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 84 ta obyektlarda yangi UZMOBILE GSM baza stansiyalari foydalanishga topshirildi.
    Bundan tashqari, UZMOBILE CDMA tarmog‘ini kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun 1x va EVDO texnologiyalari bo‘yicha yangi baza stansiyalari o‘rnatildi.
    2019 yilning 9 oyi davomida butun O‘zbekiston bo‘ylab 1240 ta ob’ektda 3297 ta yangi UZMOBILE GSM baza stansiyalari foydalanishga topshirilgan edi. Shulardan 800 tasi qishloq joylarida joylashgan.
    Yangi antenna-machta inshootlari, baza stansiyalari va zamonaviy uskunalarning o‘rnatilishi xizmatlarning sifatini oshirishga hamda aloqa hududini yaxshilshga imkon beradi, shuningdek yanada tezkor mobil Internet texnologiyalarini joriy etadi.

     

    Manba: Axborot xizmati