Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbektelekom” AK voleybolchilari birinchi o‘rinni egalladi
    19.12.2019

    “O‘zbektelekom” AK xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini va sport o‘yinlarini faol rivojlantirmoqda. Moskvada o‘tkazilgan xayriya musobaqalarida “O‘zbektelekom” AK xodimlaridan tarkib topgan ikki jamoa voleybol va mini-futbol musobaqalari bo‘yicha ishtirok etdilar.

    2019 yil 14 dekabr kuni Moskva shahrida “O‘zbektelekom” AK mini-futbol bo'yicha "XV aloqa va IT kubogi"ida, 15 dekabr kuni esa aloqa sohasi, Telekom, IT va provayderlar xodimlari o'rtasida bo'lib o'tgan "Yangi yil kubogi-2019" voleybol turnirida ishtirok etdilar.

    O‘zbekiston jamoasidan tashqari MDH davlatlaridan “Beltelekom” jamoasi (Belorussiya Respublikasi) ham ishtirok etdi.

    Mini-futbol bo‘yicha musobaqa 2019 yilning 14 dekabr kuni “F.F.Cherenkov nomidagi Spartak” (Moskva shahri) maydonida bo‘lib o‘tdi. Jamoamiz vakillari ishonch bilan musobaqada qatnashishdi va yakuniy yuqori 4-o‘rinni egallashdi.

    Shu bilan birga, voleybolchilar ham yaxshi natija ko‘rsatishdi. “O‘zbektelekom” AK jamoasi xodimlari 2019 yil 15 dekabr kuni “Arena 4 Sporta” sport majmuasi (Moskva shahri)da bo‘lib o‘tgan voleybol bo‘yicha musobaqada ishtirok etdilar va birinchilikni qo‘lga kiritdilar!

    2019 yil 18 dekabr kuni Aloqa tarixi muzeyida “O‘zbektelekom” AK bosh direktori N.N.Xasanov g‘oliblarni bunday xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtiroklari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

    Sportchi-aloqachilarimizni chin ko‘ngildan erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklaymiz!!!

    Manba: Axborot xizmati