Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Malayziya delegatsiyasining IT-Parkʼga tashrifi
    20.12.2019

     “Cloud Union” kompaniyasi direktori Ten Yi boshchiligidagi Malayziya delegatsiyasi IT-Parkʼga tashrif buyurdi.

    Uchrashuvda O‘zbekistonda axborot texnologiyalari, xususan, elektron tijorat sohasida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

    Mehmonlar uchun IT-Parkʼning taqdimoti oʻtkazildi va unda mavjud infratuzilma, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida gapirildi, shuningdek mehmonlar rezidentlik va rezidentlar uchun soliq imtiyozlari bilan tanishtirildi.

    Munozara uchun muhim mavzulardan yana biri, mavjud bazaviy IT-bilimlarni oshirish va boshqa zarur IT-koʻnikmalarini egallash uchun Oʻzbekiston hududlarida IT-markazlarini rivojlantirish masalasi boʻldi. Yoshlar orasida IT-taʼlimni rivojlantirish, mutaxassislarning malakasini oshirish zarurligi taʼkidlandi.

    Manba: Axborot xizmati