Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xiva tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.
    24.12.2019

    2019 yil 24 dekabr kuni Xorazm viloyati Xiva tumani Dashyoq qishlog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
    Sayyor qabul jarayonida murojaatlar asosan telekommunikatsiya xizmatlari, mobil aloqa xizmatlari, UZDIGIAL TV xizmatlari va bank kreditlari masalasi bo‘yicha kelib tushdi.
    Uchrashuvda 74 nafar jismoniy shaxslar 11 nafar yuridik shaxslar ishtirok etib, ular tomonidan soha mutaxassislariga 32 ta murojaat kelib tushdi. 23 tasi shu kunning o‘zida ijobiy hal qilib berildi, o‘rganish talab qilinadigan 9 ta murojaat nazoratga olindi hamda mas’ul korxona rahbarlariga esa tegishli ko‘rsatmalar berildi.
    Shu bilan birga, sayyor yig‘ilishda aholi o‘rtasida oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kichik biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, xususan, “Aloqabank” Xorazm filiali tomonidan Asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
    Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik mas’ul xodimlari, tizimdagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, hududdagi mobil aloqa operatorlari rahbarlari, “O‘zaloqanazorat” Xorazm viloyati inspeksiyasi mutasaddilari aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganishdi. Soha bo‘yicha hududda yuzaga kelgan muammolarni atroflicha joyida o‘rganib, tezkorlik bilan ijobiy hal etish imkoniyati yaratildi.
    Shu bilan birga, sayyor yig‘ilishda aholi o‘rtasida oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kichik biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, xususan, “Aloqabank” Xorazm filiali tomonidan Asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

    Manba: Axborot xizmati