Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbektelekom” AKning yangi savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari ochildi.
    04.01.2020

    “O‘zbektelekom” AK “yagona darcha” tamoyili asosida faoliyat yuritadigan bir nechta savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarini to‘liq ta’mirdan chiqardi va funksional jihatdan yangiladi. Endilikda ushbu ofislar yangi rasmiy uslubda jihozlandi. Yangilangan ofislarning farqli jihati shundaki, bu yerda dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining smartfonlarini, ko‘plab aksessuarlarni sotib olish, shuningdek bonusli aksiyalarda ishtirok etish imkoniyati yaratilgan!
             To‘liq ta’mirlangan savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida mijozlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu yerda nafaqat kompaniyaning barcha xizmatlariga ulanish mumkin, balki UZTELECOM  savdo ofislarida smartfonlarni sotib olib, “O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filiali GSM tarmog‘i abonentlari uchun tashkil etilgan bonusli aksiyalarda ishtirok etish ham mumkin. Aksiya 2020 yil 31 martga qadar davom etadi.

    Manba: Axborot xizmati