Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Al-Xorazmiy avlodlari ” nomli tanlov bo‘lib o‘tdi.
    22.01.2020

    Davlatimiz rahbarining yoshlar ta'lim tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish, yosh avlodni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusini hayotga joriy etish ishlari respublikaning barcha hududlarida ustuvor vazifa sifatida amalga oshirib kelinmoqda.

    Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan uchinchi tashabbus – “Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish” bo‘yicha tadbirlar doirasida respublikadagi barcha shahar va tuman markazlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari, axborot texnologiyalari bo‘yicha to‘garaklar bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining Navoiy shahar filialida ilk bor “Al-Xorazmiy avlodlari” nomli komp'yuter texnologiyalari va internet savodxonligi bo‘yicha  yoshlar o‘rtasida tanlov o‘tkazildi. Veb-dizayn asoslari, Kibersport va Robotexnika yo‘nalishida o‘tkazilgan tanlovda eng kuchlilar aniqlandi. Tanlov ishtirokchilariga komp'yuter grafikasi asoslari, operasion tizimlar va ofis ilovalarida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, komp'yuter va internet tarmog‘idan samarali  foydalanish  va axborot xavfsizligining umumiy tushunchalari borasida mutaxassislar tomonidan master klasslar o‘tkazildi.

    Ma'lumot uchun:

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning uchinchi yo‘nalishi – aholi va yoshlar o‘rtasida komp'yuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni keng joriy etish va ommalashtirish borasida ishlar jadal sur'atlarda olib borilmoqda.Hozirgi kungacha Respublika bo‘ylab 22 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari faoliyat olib bormoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati