Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent viloyati Mehribonlik uylariga kompyuter jamlanmalari berildi.
    23.01.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev tomonidan yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil qilish  borasida ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi - aholi va yoshlar o‘rtasida komp'yuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ish olib borilmoqda.Tashabbusni hayotga tatbiq etish doirasida bir qator xayrli tadbirlar ham amalga oshirilyapti. Xususan, vazirlik tomonidan  Toshkent viloyatida joylashgan 14 va 15-son  Mehribonlik uylaridagi tarbiyalanuvchi o‘g‘il-qizlarning zamonaviy axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqish va bilimlarini, komp'yuter savodxonligini yanada oshirish maqsadida xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Vazirlikning sovg‘alari - 18 ta zamonaviy komp'yuter jamlanmalari (14-son Mehribonlik uyiga 8 ta,15-son Mehribonlik uyiga 10 ta), futbol va voleybol to‘plari, shaxmat, shashka, bolalar uchun rivojlantiruvchi o‘yinlar va boshqa sport anjomlari Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi vakillari tomonidan tantanali ravishda taqdim qilindi.

    Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining ko‘tarinki kayfiyati va xursandchiligi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida  bu kabi xayrli amallarni bardavom bo‘lishiga xizmat qiladi.

    Manba: Axborot xizmati