Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston Internet-tezligi bo‘yicha jaxon reytingida o‘z pozitsiyalarini yaxshilab 4 pog‘onaga ko‘tarildi
    19.02.2020

    “Ookla” kompaniyasi Speedtest.net servisi yanvar oyi 2020 yil natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Speedtest Global Index mobil va simli aloqa Internet tezligi jaxon reytingi bo‘yicha O‘zbekiston Internet aniqlangan tezligi natijalariga ko‘ra yana to‘rt pozitsiyaga ko‘tarildi.

    Internet tezligi bo‘yicha umumiy reytingida O‘zbekiston hozirgi kunda 104-pog‘onani egallab to‘ribdi va o‘tgan yili yanvar holatiga nisbatan 15 pozitsiyaga ko‘tarildi. Bu mazkur davr bo‘yicha eng yuqori o‘sish bo‘ldi! Yanvar holatiga ko‘ra biz bir qator davlatlardan oldindamiz ¬– Gruziya (107-o‘rin), Ozarbayjon (116-o‘rin), Tojikiston (109-o‘rin), Turkmaniston (176-o‘rin).

    Umuman oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi 2,4 barovar o‘sdi ¬– 10,89 Mbit/c dan (2019 yil yanvar holatiga) 25,75 Mbit/c gacha (2020 yil yanvar holatiga).

    Mobil internet tezligini oshirishda ham O‘zbekiston bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi: hozirgi kunda mamlakatimiz 132-o‘rinni egalab, 2019 yil dekabr holatiga ikkita pozitsiyaga, yil yakuni bo‘yicha esa beshta pozitsiyaga ko‘tarildi.

    Ma’lumot uchun, Speedtest portali Internet tezligini tekshirish uchun umumjaxon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal fydalanuvchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va ma’lumotlarni doimiy ravishda reyting tayyorlaydi va e’lon qiladi.

    Irlandiyalik Ookla kompaniyasi Internet tarmoqlarini, ilova va texnologiyalarini sinov va test o‘tkazuvchi jaxondagi yetakchi kompaniyalardan biri, internet tezligini test o‘tkazuvchi Speedtest portalining ixtirochisi. Speedtest portalida har yili foydalanuvchilar tomonidan 10 milliondan oshiq testlar o‘tkaziladi. Shunga tufayli kompaniya dunyo miqyosida tarmoqlarning ishlab chiqish quvvati, sifati va ommabopligi haqida batafsil va noyob ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Hozirgi holatiga ko‘ra umumjaxon foydalanuvchilari tomonidan Speedtest portalida 27,3 milliardan ortiq testlar o‘tkazildi.

    Manba: Axborot xizmati