Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Mobil aloqa tarmog'i - modernizatsiya ishlari
    20.02.2020

    Bugungi kunda "O’zbektelekom" AK o’z tarmog’ini kengaytirish va modernizatsiya qilish bo’yicha keng ko’lamli loyihalar ustida ish olib borayotganligini sizga ma'lum qilamiz. Tarmoqni modernizatsiya qilishdan asosiy maqsad taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini, shu jumladan mobil Internet tezligini oshirishdir.

    Modernizatsiya ishlari kompaniyaning asosiy kommutatsion tarmog’ida bir necha bosqichlarda olib boriladi:
     

    • Qurilmalarni o’rnatish
    • Qurilmalarni sinovdan o’tkazish
    • Qurilmalarni sozlash
    • Qurilmalarni ishga tushirish

    Ta'kidlash joizki, bu juda muhim va ma'lum vaqt talab qiladigan jarayon bo’lib, ushbu jarayon davomida mavjud texnik vositalar yangi avlod uskunalariga almashtiriladi. Loyiha bo’yicha asosiy ishlar aloqa xizmatlari sifati yomonlashishi xavfini kamaytirish maqsadida tungi vaqtda amalga oshiriladi. Olib boriladigan ishlarning bir qismi kunduzgi vaqtda ham aloqa sifatiga ta'sir qilishi mumkinligi haqida ham ogohlantiramiz. Ushbu cheklanishlar vaqtinchalik va qisqa muddatlarda bartaraf etiladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so’raymiz!

    Yaqin kunlarda ushbu loyiha bo’yicha ishlar yakuniga yetkaziladi va bahor faslidan siz yuqori sifatli, arzon va tezkor mobil Internet xizmatlaridan bahramand bo’lishingiz mumkin.

    Shu bilan birga, Kompaniya tayanch stantsiyalarini modernizatsiya qilish bo’yicha ham ishlar olib borilmoqda va buning natijasida 3G standartidagi sektor antennalari 4G standartiga o’tkaziladi.

    Bundan tashqari, 2020 yil 15 fevraldan boshlab mobil Internet tezligi 2 baravar oshirilganligi sizlarni mamnun qilishi aniq! 2020 yil boshidan boshlab mobil aloqa tarmog’ida muvaffaqiyatli olib borilgan sozlash ishlari natijasida quyidagi hududlarda aloqa sifati yaxshilanganligini ma’lum qilamiz:
     

    • Andijon viloyati – Andijon shaxri, Birlik va Ogaxiy ko’chalari, Andijon, Oltinko’l, Qo’rg’ontepa, Shaxrixon, Asaka, Izboskan va Bo’z tumanlari;
    • Farg’ona viloyati – Farg’ona shaxri, Quva shaxri, Marg’ilon shaxri, Oltiariq, Quva, Buvayda, Bog’dod, O’zbekiston va Toshloq tumanlari;
    • Qashqadaryo viloyati – Shaxrisabz shaxri, Yakkabog’ tumani, Chiroqchi va G’uzor tumanlari;
    • Buxoro viloyati – Shofirkon tumani;
    • Toshkent viloyati – Oxangaron tumani va Chirchiq tumanlari;
    • Samarqand viloyati – Samarqand shaxri, Nurobod, Urgut, Jomboy, Kattaqo’rg’on, Paxtachi va Narpay tumanlari;
    • Namangan viloyati – Mingbuloq tumani;
    • Jizzax viloyati – Sharof Rashidov va Forish tumanlari;
    • Toshkent shaxri – Yunusobod, Olmazor, Mirzo Ulug’bek, Yakkasaroy, Uchtepa, Sergeli va Mirobod tumanlari.

     

     

    Manba: Axborot xizmati