Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Guliston shahridagi IT-Parkning qurilish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
    21.02.2020

             Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida Toshkent shahrida zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki “IT-Park” barpo etilyotganini, u hozirdanoq o‘zining dastlabki natijalarini bera boshlaganini ta’kidlagandi. Shuningdek, bunday “IT-Park”lar Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida ham tashkil etilishi aytilgandi.
    Shuning asosida tabiiyki, ko‘pchilik yurtdoshlarimizda “IT-Park” faoliyatiga qiziqish yanada ortdi.
             Murojaatnomadagi vazifalarni amalga oshirish uchun Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki hududini kengaytirish va yangi infratuzilma ob’ektlari qurilishini boshlash maqsadida konsepsiya ishlab chiqildi. Hududda 400 ming kv. metrdan ortiq ofis binolari, konferens zal, kovorking markaz, mehmonxona va boshqa binolar quriladi. Buning natijasida dasturiy mahsulot ishlab chiquvchi mingdan ortiq yangi korxonalar tashkil etiladi. 14 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi. Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Urganch va Guliston shaharlarida shu yil yakuniga qadar “IT-Park” hududiy filiallari tashkil etiladi.
    Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki hamda uning filiallarini qurish, yuqori texnologiyali infratuzilmalar yaratish masalalari bo‘yicha xududlarda ishlar boshlab yuborildi.
             Davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan izchil ishlar olib borilmoqda.
    Bugungi kunda xududlarda ishlar qizg‘in amalga oshirilmoqda, bunga misol qilib, Sirdaryo viloyatining Gulistonda shahridagi IT-Parkning qurilish jarayonlarini aytib o‘tishimiz mumkin. Ta’kidlash joizki, ushbu ob’ektning maydoni 1800 kvadrat metrni tashkil etadi va bu o‘z navbatida mintaqada 120 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratadi. Bino o‘z ichiga quyidagilarni oladi: korkoring zonasi, konferensiya zali, tadbir zonasi, laboratoriya, media-studiya, ma’ruza xonalari, e-sport va robototexnika xonalari, IT-markaz va boshqalar. Binoning qurilishi ishlari qizg‘in davom etmoqda.

    Manba: Axborot xizmati