Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Uztelecom tomonidan mobil aloqa xizmatlariga onlayn-ulanish xizmati ishga tushurildi
    02.04.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va tizimdagi korxonalar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

    Hususan, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “UzMobile” filiali mobil aloqa xizmatlariga onlayn-ulanish xizmatini ishga tushirdi.

    Xizmat kompaniya sayti orqali onlayn-arizani to‘ldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Arizachi tomonidan barcha zarur ma‘lumotlar, shu jumladan shaxsni tasdiqlovchi hujjat parametrlari, sotib olmoqchi bo’lgan raqam va tanlagan tarif rejasi ko‘rsatiladi. So‘ngra, 1-3 ish kuni davomida ariza ko‘rib chiqiladi va kompaniyaning agentlari yangi abonent bilan bog’lanadi. Raqamni faollashtirish tanlangan tarif rejaning abonent to‘lovi to‘langandan so‘ng (pullik toifadagi raqam tanlangan hollarda, raqam uchun to‘lov qo’shilgan holda) amalga oshiriladi.

    Manba: Axborot xizmati