Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Kompyuter o‘yinlarning etuk yaratuvchisiga aylanishni xohlaysanmi?
    06.04.2020

    Unda o‘z kuchingni GameDev Goethe nomli loyihasida sinab ko‘r!

    GameDev Goethe — O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan Gyote Instituti hamda IT-Park tomonidan birgalikda amalga oshirilayotgan loyiha. Loyihaning asosiy maqsadikompyuter o‘yinlarni yaratishda endigina birinchi qadam qo‘yyotgan ixtirochilarga ko‘mak berish.
     

    GameDev Goethe loyihasida ishtirok etadiganlar nimadan yutadi? Ular qo‘yidagi afzalliklarga ega bo‘ladi:

    • bebaho tajriba va bilimlarga ega bo‘lish;

    • mutaxassislar yordamida qisqa vaqt ichida oʻz oʻyinni yarata olish va tayyor oʻyinni o’z shaxsiy portfolioga qo‘shish;

    • GameDev boʻyicha Oʻzbekistondagi yetakchi mutaxassislaridan muntazam ravishda maslahatlar olib borish;

    • Oʻzbekistondagi birinchi Oʻyin ajumanida minglab ishtirokchilar oldida oʻz oʻyinni namoyish etish va qimmatbaho sovgʻalarni qoʻlga kiritish;

    • buyurtma olish yoki oʻyinlar ishlab chiqish sohasida ish topish uchun oʻzlarini oʻyin dasturchilarining roʻyxatiga qoʻshish;

    • oʻz oʻyinni Google Play, Apple AppStore onlayn doʻkonlarida joylashtirish va uni reklama qilish uchun mablagʻ olish imkoniga ega bo‘lish.


    Loyihada ishtirok etish esa mutlaqo bepul!

    Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati15 aprel!

    Shoshiling, joylar cheklangan!                                 

    GameDev loyihasida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: https://forms.yandex.ru/u/5e4ceb134e61cc0182f13739/

    Manba: Axborot xizmati