Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • UZTELECOM dan zo‘r taklif — videodarslarni qulay vaqtda kuzatib borish!
    07.04.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning tizimdagi korxonalar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

    Shundan kelib chiqib, karantin sharoitida uyda yoki izolyatsiyada bo‘lgan maktab o‘quvchilari va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida  O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi topshirig‘iga muvofiq, karantin davrida umumiy o‘rta ta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quvchilariga televizion videodarslarni tayyorlash va tarqatishni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilgan.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga «online-maktab» rukni bilan televizion videodarslar tashkil etilgan. 30-mart, 8.30 dan boshlab sinov tariqasida umumta’lim maktab o‘quvchilariga masofaviy ta’lim berish maqsadida “onlayn-maktab” loyihasi ishga tushurildi. 

    Aholi tomonidan yuqori bo‘lgan talab va ko’plab murojaatlar kelib tushganini inobatga olgan holda “O‘zbektelekom” AK o‘z mijozlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida qulay xizmatini taqdim etadi. Kompaniya tomonidan taqdim etilaytgan interaktiv televideniye xizmati fuqarolarga va ularning maktabga qatnayotgan bolalariga videodarslarni vaqt bilan hamohang holda yoki takroran ko‘rish imkoniyatini beradi. Endi o‘quvchilar videodarslarni bemalol, xohlagan vaqtda va takroran tomosha qilishlari va bilimlarni mustahkamlanishlari mumkin! “O‘zbektelekom” AK dan IPTV xizmati bilan bu jarayon yanada samarali va osonroq bo‘ladi!

    Manba: Axborot xizmati