Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
  • Toshkent shahridagi Inha universitetida “Karyera va malaka oshirish yarmarkasi” hamda “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tadi
    19.06.2015
    Shuningdek, shu kuni bo‘lib o‘tadigan “Ochiq eshiklar kuni”da axborot texnologiyalari sohasi uchun mutaxassislar tayyorlaydigan boshqa oliy ta’lim muassasalarining talabalari, soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin. 
    Tadbirlar 26 iyun kuni 09:00 dan 17:00 gacha, Toshkent shahridagi Inha universitetida tashkil etiladi. Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasi, 9-uy.
    AKT kompaniyasi vakillari ish izlovchilar bilan suhbat o‘tkazishadi, shuningdek, o‘z tashkilotlarining taqdimotini o‘tkazib, malaka oshirish imkoniyati to‘g‘risida ma’lumot berishadi. Universitet tomonidan kompaniyalarga bepul tarzda o‘z taqdimotlarini o‘tkazishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi.
    Muallif: Axborot xizmati

    Manba: Axborot xizmati