Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etiladi
    16.03.2017
    Tadbirning maqsadi kompaniya, tashkilot va korxonalarga, davlat idoralariga zamonaviy bilimlarga ega iste’dodli va istiqbolli kadrlarni jalb qilish, yosh mutaxassislarga ishga joylashishda ko‘maklashishdan iborat.
     
    Yarmarkada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi 100 ta korxona va muassasalar, shuningdek davlat organlari mavjud ish o‘rinlari bilan qatnashadilar.
     
    Bu yilgi yarmarkada axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadr tayyorlovchi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, uning hududiy filiallari, sohaga biriktirilgan 72 ta akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini turli mutaxassisliklar bo‘yicha 20 ming nafardan ziyod yoshlarning ishtiroki kutilmoqda.
     
    Mehnat yarmarkasi Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent shahrida Toshkent axborot texnologiyalri universitetining sport majmuasida soat 10:00 dan ish boshlaydi. Manzil: Amir Temur shoh ko'chasi, 108-uy).
     
    Shuningdek, mehnat yarmarkasi bir vaqtning o'zida yurtimizning quyidagi manzillarida bo'lib o'tadi:
     
    Samarqand: TATU ning Samarqand filiali (Shohruh Mirzo ko'chasi, 37a-uy)
     
    Farg‘ona: TATU ning Farg‘ona filiali (Mustaqillik ko'chasi, 185а-uy)
     
    Qarshi: TATU ning Qarshi filiali (Beshkent trassasi 3 km)
     
    Urganch: TATU ning Urganch filiali (Urganch shahri, Al-xorazmiy ko'chasi, 110-uy)
     
    Nukus: TATU ning Nukus filiali (Nukus shahri, A.Dosnazarov ko'chasi, 74-uy)
     
    Andijon: Andijon axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji (Andijon shahri, Lev Tolstoy ko'chasi, 36-uy)
     
    Namangan: Namangan transport va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji (Namangan shahri, 8-mart ko'chasi, 6-uy)
     
    Buxoro: Jondor ishlab chiqarish, transport va aloqa kasb-hunar kolleji (Jondor shahri, Mahmud Tarobiy ko'chasi, 1-uy)
     
    Jizzax: Jizzax shahridagi transport va aloqa kasb-hunar kolleji (Jizzax shahri, Sh.Rashidov ko'chasi, 259-uy)
     
    Navoiy: Navoiy informatika va elektron ishlab chiqarish kasb-hunar kolleji ( G'alaba shoh ko'chasi, 228-uy)
     
    Termiz: Termiz axborot texnologiyalari va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji (A.Navoiy ko'chasi, 41-uy)
     
    Guliston: Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji (Guliston shahri, Sh.Rashidov ko'chasi, 49-uy)
     
    Ma'lumot uchun telefon: 0(371) 238-43-57.

    Manba: Axborot xizmati