O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati hamda uning hududiy boshqarmalari uchun mamlakatimizdagi davriy matbuot nashrlariga 2018-yilning I yarim yilligi uchun obuna uyushtirish yuzasidan davriy matbuot nashrlarini tarqatuvchi muassasalar o'rtasida tanlov e'lon qilinadi.
Tadbirkorlar mazkur yo'nalishdagi takliflarini vazirlikning "Pochta texnologiyalari va xizmatlari bo'limi"ga 25 noyabrga qadar taqdim etishlari so'raladi.
Ma'lumot uchun telefon: 238-41-36.
Manba: Axborot xizmati