Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Butunjahon banki texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlashga qiziqish bildirmoqda
    10.01.2018

    9 yanvar kuni vazirlikda Butunjahon bankining O‘zbekistonda xususiy sektor faoliyatini o‘rganayotgan maxsus guruh vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

    Suhbat avvalida mehmonlarga O‘zbekistonda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Jumladan, xalqaro vakillar e’tiboriga bir muddat avval faoliyatini boshlagan Mirzo Ulug‘bek Innovatsiya markazi hamda rejalari to‘g‘risida ma’lumot berildi. 

    Butunjahon banki mutaxassislari e’tiboriga Innovatsiya markazi faoliyati doirasida O‘zbekistonga sarmoya kiritish hamda "nou-hau"larni, sarmoyadorlar kapitali uchun qulay ekotizim yaratishga xizmat qiladigan zarur texnologiya, tajriba va ko‘nikmalarni joriy qilish hamda IT-startaplarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan hamkorlik qilish g‘oyasi havola qilindi. 

    Shu bilan birga, O‘zbekiston tomoni Butunjahon banki bilan mamlakatda "elektron tijorat", "salmoqli ma’lumot" (Big Data), shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa zamonaviy tendensiyalarini joriy qilish bo‘yicha taklif bilan chiqdi. Uchrashuvda tomonlar istiqboldagi hamkorlik rejalarini muhokama qildilar.

    Manba: Axborot xizmati