Hurmatli tadbirkorlar!
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparatini Antivirus dasturiy ta’minotini bilan ta’minlash yuzasidan dasturiy ta’minotlar va kompyuter xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlarni tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.
№ |
Mahsulot nomi |
O’l. birligi |
Soni |
1. |
350 ta kompyuter uchun litsenziyaga ega «ESET NOD 32 Antivirus Business Edition» dasturiy ta’minoti. |
dona |
350 |
2. |
25 ta kompyuter uchun litsenziyaga ega «Kaspersky Internet Security-Multi Device. 5-Device 1 year Base» dasturiy ta’minoti. |
dona |
25 |
Tanlovda qatnashish uchun ariza beruvchi o‘z tijorat takliflarini 2018 yil 5 mayga qadar taqdim etishi lozim. Tashkilot tomonidan beriladigan tijorat taklifida ro‘yxatga olish sanasi, tashkilot rahbari imzosi hamda muhr bo‘lishi lozim.
Tijorat taklifingizni Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi 4-uy manziliga hamda elektron ko‘rinishda b.abdusalamov@mitc.uz., info@mitc.uz elektron manzilga yuborishingiz mumkin.
Nomzodni tanlashda korxonaning ish tajribasi, mavjud mijozlari va tovar uchun berilayotgan narhlarga e’tibor qaratiladi.
Korxonalardan Vazirlikka kelib tushgan tijorat takliflari asosida tanlov o‘tkaziladi. Tanlovdan so‘ng g‘olib chiqqan korxonaga xabar beriladi hamda shartnoma tuziladi.
Ma’lumot uchun +99871 238-41-21. 238-43-03. +998 95 143-44-22 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Manba: Axborot xizmati