O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati hamda uning hududiy boshqarmalari uchun mamlakatimizdagi davriy matbuot nashrlariga 2018-yilning II yarim yilligi uchun obuna uyushtirish yuzasidan davriy matbuot nashrlarini tarqatuvchi muassasalar o'rtasida tanlov e'lon qilinadi.
Tadbirkorlar mazkur yo'nalishdagi takliflarini vazirlikning "Pochta aloqasi xizmatlari va logistikasini rivojlantirish bo'limi"ga 5 iyunga qadar taqdim etishlari so'raladi.
Ma'lumot uchun telefon: 238-41-36.
Manba: Axborot xizmati