Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Inha universiteti ilk bitiruvchilarini mustaqil hayotga kuzatdi
    15.08.2018

    2018 yilning 14 avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ilk bitiruvchilarni tantanali kuzatish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekiston hukumati hamda Koreya Respublikasidan vakillar ishtirok etdilar.

    2014 yilda faoliyatini boshlagan Toshkent shahridagi Inha universiteti bugungi kunga kelib axborot texnologiyalari uchun mutaxassis tayyorlash bo'yicha O'zbekistonda yetakchi universitetlardan biri sanaladi. 

    Bitiruvchilarni kuzatish marosimida Koreya Respublikasining Inha universiteti Vitse-prezidenti Cheong InKyo boshchiligidagi delegatsiyasi ham qatnashdi.  

    "Kompyuter va dasturiy injiniring" yo'nalishida tahsil olgan 87 nafar talaba Toshkent shahridagi Inha universitetining ilk bitiruvchilari bo'lishdi.

    Manba: Axborot xizmati