Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Bu muqaddas Vatanda azizdir inson
    07.12.2018

    Joriy yil 7 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 8 dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma olti yilligi munosabati bilan “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

    Tadbirni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Qahramon Yuldashev ochib berar ekan, davlatimiz mustaqilligi, xalqimiz farovonligi, yurtimizning taraqqiyoti va kelajagini taʼminlashda va aholi, ayniqsa, yosh avlodning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va u asosda qabul qilingan qonunlar alohida ahamiyat kasb etayotganligi haqida soʻz yuritdi.

    Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbirga taklif etilgan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, siyosiy sharhlovchi, “Oʻzbekiston ovozi” va “Golos Uzbekistana” gazetalari bosh muharriri Safar Ostonov oʻz maʼruzasida mamlakat Bosh qomusining yaratilish tarixi, uning mazmun-mohiyati va jamiyatdagi beqiyos oʻrni haqida maʼlumotlar berdi. Jumladan, S.Ostonov Konstitutsiyamizda birinchi navbatda shaxs, yaʼni insonlar manfaatlarining davlat manfaatlaridan ustun etib belgilanganligi, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida belgilanganini taʼkidladi.

    Davra suhbati qizgʻin savol-javoblar va muhokamalar bilan oʻtdi.

    Manba: Axborot xizmati