Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar uchun yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdi
    03.12.2018

    Mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarning negizida insonparvarlik, mehr-muruvvat va eng asosiysi, xalq manfaatlarini koʻzda tutilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 1 dekabrda “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni imzolagan edi. Shu munosabat bilan 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qoʻshimcha ravishda ikki foizli kvota ajratish tartibi joriy etildi.

    2018 yil 2 iyundagi Hukumat qarori bilan tasdiqlangan qoʻshimcha ikki foizli davlat granti kvotalarining taqsimot qilish tartibiga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga ham 20 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar oʻqishga qabul qilingan edi.

    1992 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti nogironlarining Oʻn yilligi yakunida (1983-1992) BMT Bosh Assambleyasi oʻzining №47/3 rezolyutsiyasiga asosan jamiyat hayotining barcha sohalarida nogironlar huquqlarini ilgari surish, shuningdek, keng jamoatchilik eʼtiborini nogironlar muammolariga qaratish maqsadida 3 dekabrni Xalqaro nogironlar kuni (International Day of Persons with Disabilities) deya eʼlon qildi.

    Ushbu kuni munosabati bilan mazkur oliy taʼlim muassasasida jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar uchun alohida sharoitlarga ega boʻlgan yashash xonalari taʼmirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Muxammadjonovich Sadikov mazkur universitetga tashrif buyurib, jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi hamda talabalar bilan suhbatlashib, ularning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash uchun qanday ishlar qilishini kerakligi bilan qiziqdi.

    Manba: Axborot xizmati