Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • UZINFOCOM yagona integratori domenlarni roʻyxatga olishni toʻxtatmoqda
    11.12.2018

    “Davlat axborot resurslarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator UZINFOCOM” MChJ .UZ hududida domen nomlarini Roʻyxatga olish va uzaytirish boʻyicha oʻz faoliyatini toʻxtatdi. “UZINFOCOM yagona integratori” MChJ tomonidan xizmat koʻrsatilgan domen nomlari egalari xohishlariga koʻra, oʻzlarining domen nomlarini .UZ hududidagi istalgan rasmiy roʻyxatga oluvchiga oʻtkazishlari (domen transferi) mumkin.

    Ushbu yechim “UZINFOCOM yagona integratori” MChJga .UZ domenida roʻyxatga oluvchilar va Maʼmuriyat oʻrtasidagi aniq taqsimlangan funksiyaga rioya etilishi, Roʻyxatga oluvchilarning raqobatbardosh tarmogʻini rivojlantirish, domen nomlarini roʻyxatga olish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xizmatlarni markazlashmagan tizimga oʻtkazish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, raqobat muhitini taʼminlash, domen nomlarini roʻyxatga olish bozorida koʻrsatilayotgan xizmatlarning soni va sifatini oshirish hamda .UZ hududi asosiy reyestrini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlashga koʻmak beradi.

    “UZINFOCOM yagona integratori” MCHJ 2013 yil 27 martda Internetning nomlari va manzillarini belgilash Korporatsiyasi (ICANN) tomonidan imzolangan ccTLD homiyligi toʻgʻrisidagi Kelishuvga muvofiq, Oʻzbekistonning yuqori darajadagi .UZ (ccTLD) domeni administratori hisoblanadi.

    Manba: Axborot xizmati