Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimida zamonaviy AKT joriy etilmoqda
    01.02.2019

    30 yanvar kuni mamlakatimiz Hukumati “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” qaror qabul qildi.

    Mazkur hujjatga koʻra, Obod Uy dasturiy taʼminoti koʻp kvartirali uylarni boshqarishda joriy etiladi.

    Qarorda taʼkidlanishicha, Obod Uy dasturiy taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasi hamda “Smart technologies group” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga bepul taqdim etilgan.

    2019 yilning 1 apreliga qadar Obod Uy mobil ilovasi ishlab chiqiladi.

    Aholining Obod uy tizimidagi shaxsiy kabineti kvartira, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, ekspluatatsiya qilingan sarf-harajatlar uchun toʻlovlar va joriy balans haqida maʼlumot olish imkoniyatini yaratadi.

    Manba: Axborot xizmati