Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jurnalistlar Chaqiriqlarga xizmat koʻrsatuvchi yagona markaz faoliyati bilan tanishdilar
    06.02.2019

    6 fevral kuni  jurnalistlar uchun “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining Call-markazi – Chaqiriqlarga xizmat koʻrsatuvchi yagona markaz (ChXKYaM)ga tanishuv press-turi oʻtkazildi.

    Tadbirdan maqsad kompaniya abonentlariga xizmat koʻrsatish va xizmat koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha mijozlarga yoʻnaltirilgan yondashuv toʻgʻrisida aholini xabardor qilishdir.

    Tanishuv sayohati davomida jurnalistlarga Call-markazi faoliyati, jumladan, markaz foaoliyatiga oid tarixiy maʼlumotlar, taqdim etiladigan xizmatlar roʻyxati va statistik maʼlumotlarning taqdimoti oʻtkazildi.

    Call-markazi kechayu-kunduz uzluksiz ravishda ishlaydi va nafaqat kompaniya abonentlari, balki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona Portal, YaIDXP) foydalanuvchilari va boshqa bir qator vazirlik, idoralar hamda yirik kompaniyalar qoʻngʻiroqlariga xizmat koʻrsatadi.

    2014-yilda respublikamiz mintaqalarida ChXKYaMga birlashtirilgan 13 ta Chaqiriqlarga xizmat koʻrsatuvchi markazlar tashkil etildi.

    2018-yilda ChXKYaM qariyb, 3,6 mln. qoʻngʻiroqqa xizmat koʻrsatish ishlarini amalga oshirdi.

    Manba: Axborot xizmati