Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda “ROBO CODERS 2019” tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi
    25.02.2019

    24-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ko‘magida Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Centre” Innovatsiya markazi direksiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “ROBO CODERS 2019” Respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

    Shu kunning o‘zida tanlov yakunlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov dasturi 9 ta sovrinli o‘rin va bir nechta rag‘batlantiruvchi nominatsiyalarni o‘z ichiga oldi. To‘rt soatlik uzluksiz dasturlash bo‘yicha bellashuv natijasida tizim g‘oliblarni aniqladi.

    Birinchi o‘rinlarni Hasanov Saidjalol Saidjamol o‘g‘li (26-30 yosh toifasida), Abdukarimov Sirojiddin Sayfiddin o‘g‘li (21-25 yosh toifasida) Boltabayev Nazarbek Kamollidin o‘g‘li (16-20 yosh toifasida) egallab HP 250 J6 i3-6006 4/500 noutbuklariga ega bo‘ldi.

    Ikkinchi o‘rin va Acer Extensa EX2519 C5 B9 4/500 noutbuklari Hojievu Sunatullo Nasriddin o‘g‘li, Davronov Murodjon Shuhrat o‘g‘li, Qodirov Jamshid A’lam o‘g‘liga taqdim etildi.

    Faxrli uchinchi o‘rinni egallab, Sa’dullayev Nodirbek Dilshodovich, Jo‘rayev Xurshid Adham o‘g‘li, G‘aniyev Asadullo Mahmud o‘g‘li Xiaomi Redmi Note 5 64 GB smartfoniga  ega b o‘ldilar.

    Eng sodda algoritm rag‘batlantiruvchi nominatsiyasida Egamov Xudoyshukur Shuhrat o‘g‘li, Murtozakulov Xojamurod Shuhrat o‘g‘li hamda Ismoilov Isfandiyor Iskandarovichlar g‘olib deb topildi.

    Eng tezkor dasturchi nominatsiyasida Sultonov Yuldoshboy Urazmetboyevich, Iskandarov Islom Zoxirovich, Razzoqberdiyev Alisher Saidnazar o‘g‘li bo‘ldi. Nihoyat “Eng yosh dasturchi” deb 17 yoshli A’zam Behruz Xusan o‘g‘li topildi. “Qizlar – dasturchilar” nominatsiyasida Ismoilova Anaxon Shuhrat qizi va Rahimkuliyeva Mavlyuda Ergashovnalar g‘olib bo‘ldilar.

    Tanlov joriy yilning 4-fevralidan start olgan edi. Mazkur tanlovda dasturlash tajribasiga ega 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan istalgan talabgor uning ishtirokchisiga aylanishi mumkin. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 2019-yilning 4-fevralidan 15-fevraliga qadar amalga oshirilgan edi.  Tanlovning asosiy vazifalari – axborot texnologiyalari sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash hamda yoshlarning ishbilarmonlik faolligini rivojlantirish hisoblanadi.

    Manba: Axborot xizmati