Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUning Oracle kompaniyasi bilan hamkorligi
    16.04.2019

    Muhammad al–Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining «Kompyuter injiniringi» fakulteti «Axborot texnologiyalari» kafedrasi katta oʻqituvchisi T.A.Xoʻjaqulov Moskva shahrida bo’lib o’tgan Xalqaro Oracle kompaniyasining «Oracle Academy Day» konferensiyasiga qatnashdi.

    Konferensiya doirasida Oracle Academy qoshida tashkil etilgan axborot texnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha biznes maktabga tashrif buyirildi, IT – Hab boʻyicha mahorat darslari bilan tanishildi.

    Konferensiya doirasida Rossiya hamda Oʻrta osiyo Oracle kompaniyasi direktori O.Jukov bilan uchrashib ikki tomonlama hamkorlik kelishib olindi. Shuningdek, dasturlash tillari hamda Microsoft, Cisco, Oracle va boshqa kompaniyalarni sertifikatini olish uchun sertifikarlash markazi bilan hamkorlik shartnomasi tuzildi.

    Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, TATUda “ORACLE” kompaniyasi bilan hamkorlikda “ORACLE ACADEMY” ochilgan edi.