Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
  • IUT bitiruvchilari Silikon vodiysida konfrensiyada qatnashmoqda
    08.05.2019

    Bugun IUT bitiruvchilari Silikon vodiysidagi Google I/O dasturchilar uchun 12-konfrensiyada qatnashishmoqda va hozirda ushbu tadbirdan to‘g'ridan-to‘g‘ri efir chiqishmoqda.

    Joriy yilda bu tadbir 7-9 may kunlari Mountain View-dagi “Shorlayn” ochiq amfiteatrida bo‘lib o‘tadi.

    Aytib o‘tish kerakki, O‘zbekiston talabalari ilk bor ushbu konfrensiyada ishtirok etishmoqda va biz ular aynan Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchilari ekanligidan mamnunmiz.

    Google I/O konferentsiyasida yilning eng yirik yangiliklari taqdim etiladi. O‘tgan yili Android P, Assistant , Gmail, Lens va Photosning yangi funksiyalari, Duplexning hayratlanarli texnologiyasi, Lookoutning mobil dasturi va boshqa anonslar e`lon qilingan edi.

    Quyidagi ssilka orqali onlayn translyatsiyani tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/lyRPyRKHO8M

    Manba: Axborot xizmati