Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Uchinchi tashabbus Toshkent viloyatida qanot yozmoqda
    21.05.2019

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 19 mart kuni boʻlib oʻtgan “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishini oshirish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish” toʻgʻrisidagi videoselektorda respublika viloyatlarining barcha shahar va tumanlarida “Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlar”ini tashkil etish belgilab berilgan.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan uchinchi tashabbus – “Aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanish” borasida vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi”ga binoan Toshkent viloyatining 22 ta shahar va tumanlarida “Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi”ini tashkil etish rejalashtirilgan.
     
    Ushbu tashabbus doirasida yoshlarning boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish, ularni zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olish koʻnikmalarini oshirish, sohadagi eng ilgʻor ishlanmalar bilan yaqindan tanishtirish  maqsadida Oʻrtachirchiq tumanidagi 3-son umumtaʼlim maktabida informatika, kompyuter savodxonligi, dasturlash yoʻnalishlariga ixtisoslashtirilgan toʻgaraklar tashkil etish belgilangan. 
     
    Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, mazkur maktab 1040 oʻringa ega boʻlib, ayni paytda, 52 nafar oʻqituvchi 840 nafar oʻquvchiga taʼlim berib kelmoqda.
     
    Hozirgi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ushbu maktabning informatika, kompyuter savodxonligi, dasturlash yoʻnalishlariga ixtisoslashtirilgan xonalari  taʼmirlandi hamda 42 ta kompyuter toʻplami, 30 ta komyuter stoli va zarur jihozlar, 70 ta stul, 22 ta ish stoli, 4 ta shkaf, 2 ta konditsioner, 2 ta proyektor va barcha zarur kompyuter texnikasi, orgtexnika vositalari bilan jihozlandi va yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulandi.

    Manba: Axborot xizmati