Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentda Aloqa sohasida hududiy hamdoʻstlik tadbirlari oʻtmoqda
    29.05.2019

    28-may kuni Toshkent shahrida Radiochastota spektri va yoʻldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish boʻyicha Aloqa sohasida hududiy hamdoʻstlik (ASʼHH) komissiyasining 15-majlisi boshlandi. Ushbu tadbir 31-may kuni yakunlanadi.

    Majlis ishtirokchilariga tabrik soʻzi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari B. Olmatov murojaat qildi.

    Komissiya ASʼHH ishtirokchi-mamlakatlarida radiochastota spektridan foydalanish, radiotexnologiyalarning dolzarb masalalari, uning uchta Ishchi guruhi faoliyati natijalari koʻrib chiqiladi.

    2019-yilning 28-31-may kunlarida Komissiya ishchi guruhining majlislari ham bir paytda oʻtkaziladi. ASʼHH tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining koʻmagida oʻtkazib kelinadi.

    Jumladan, bugun 2019-yilgi Radioaloqa Assambleyasi va Radioaloqa Butunjahon anjumaniga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Ishchi guruhining
    8-majlisi boʻlib oʻtmoqda. Ishchi guruhi anjuman davomida himoya qilishlari uchun kun tartibidagi bandlar boʻyicha ASʼHH mamlakatlarining hududiy pozitsiyasini tayyorlash masalalarini muhokama qilmoqdalar.

    Shuningdek, Radioeshittirish boʻyicha Ishchi guruhning 12-majlisi hamda Radiochastotalarni boshqarish boʻyicha Ishchi guruhning 13-majlisi ham ish boshlagan.

    Yigʻilishlarda ishtirokchilar raqamli teleuzatishlarni tatbiq etishda radiochastotalar boʻyicha muayyan jihatlar (aspektlar)ni, yoʻldoshli navigatsiya tizimlarining toʻsiqlarsiz ishlashi, buyumlar interneti tizimiga mashinalarning oʻzaro taʼsiri uchun simsiz aloqa texnologiyalaridan foydalanish va boshqa masalalar muhokama qilinadi.

    Manba: Axborot xizmati