Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “FIFA-2019” va “PES-2019” turnirining final bosqichi boʻlib oʻtdi
    01.06.2019

    31may kuni Uchtepa tumanidagi “Seul Eko” bogʻi oʻgʻil-qizlar bilan gavjum boʻldi. Uchinchi tashabbus – Aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi tadbir koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uchtepa tuman hokimligi hamda Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi hamkorligida “FIFA-2019” va “PES-2019” turnirining final bosqichi boʻlib oʻtdi. Tuman yoshlari tomonidan namoyish etilgan badiiy va koʻrgazmali chiqishlar, yoshlarning sevimli sanʼatkorlarining tashrifi tadbir ahamiyatini yanada oshirdi. Tadbir davomida Seul Eko istirohat bogʻida internetdan foydalanish uchun yuqori tezlikdagi Wi-Fi hudud tashkil etildi.

    Final bosqichi yakunida gʻoliblar medallar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

    Manba: Axborot xizmati