Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti – Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti axborot texnologiyalari qoʻshma fakulteti bakalavriat taʼlim bosqichi boʻyicha oʻqishga hujjatlarni qabul qiladi
    17.06.2019

    Hurmatli abituriyentlar!

    Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti – Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti axborot texnologiyalari qoʻshma fakulteti (TATU-BDIRU ATQF) bakalavriatning quyidagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqishga hujjatlarni qabul qiladi:

    Axborot texnologiyalarning dasturiy taʼminoti;

    Dasturlanadigan mobil tizimlar;

    Sunʼiy intellekt.

    TATU-BDIRU ATQF qabul komissiyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida joylashgan (Toshkent shahri, Amir Temur koʻchasi, 108).

    Qabul har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha, shanba va yakshanba kunlaridan tashqari amalga oshiriladi.

    Elektron pochta manzili: sfit-2019@tuit.uz

    Telefon: +998 90 9897930

    Ushbu fakultet bitiruvchilari ikki diplomga ega boʻlishadi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti

    Yotoqxona taqdim etiladi

    Talabalarga stipendiya toʻlanmaydi

    Oʻqish uchun toʻlovlar quyidagilarni tashkil qiladi:

    Birinchi bosqichda (TATU da 1-2 kurslar) – yiliga 1 500 AQSH doll.

    Ikkinchi bosqichda (BDIRU da 3-4 kurslar) – yiliga 2 000 AQSH doll.

    TANLOVDA QATNASHISH UCHUN:

    1) TATU-BDIRU ATQF qabul komissiyasiga 20.08.2019-y. gacha ariza va quyidagilar taqdim etilishi kerak:

    3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi 6 dona rangli fotosurat

    pasport (16 yoshga toʻlmaganlar uchun tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma) nusxasi

    umumiy oʻrta taʼlimni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari.

    Ariza blankasi (rus tilida) TATU-BDIRU ATQF qabul komissiyasida olish mumkin.

    2) Soʻngra kirish sinovlardan oʻtish zarur (quyida keltirilgan roʻyxatga muvofiq).

    Abituriyentlarni tanlashni tashkil qilishda ularning rus tili bilish darajasi asosiy shart hisoblanadi. Tanlov kirish imtihonlari (rus tilini bilish boʻyicha suhbat) natijalari asosida amalga oshiriladi.

    Tanlov har bir yoʻllanma uchun alohida oʻtkaziladi.

    2019-2020 oʻquv yiliga TATU-BDIRU ATQF bakalavriati taʼlim dasturlariga topshiruvchilar uchun qabul kvotalari va kirish sinovlarning roʻyxati:

     

    OTM nomi

    Taʼlim dasturi

    Qabul uchun joylar soni

    TATU

    Axborot texnologiyalarning dasturiy taʼminoti

    50

    Dasturlanadigan mobil tizimlar

    50

    Sunʼiy intellekt

    50

    TATU Samarqand filiali

    Axborot texnologiyalarning dasturiy taʼminoti

    25

    Dasturlanadigan mobil tizimlar

    25

    TATU Nukus filiali

    Axborot texnologiyalarning dasturiy taʼminoti

    25

    Dasturlanadigan mobil tizimlar

    25

    TATU Urganch filiali

    Axborot texnologiyalarning dasturiy taʼminoti

    25

    TATU Qarshi filiali

    Axborot texnologiyalarning dasturiy taʼminoti

    25

    TATU Fargʻona filiali

    Axborot texnologiyalarning dasturiy taʼminoti

    25

     

     

    *qabul komissiyaning qaroriga koʻra toʻlov-kontrakt asosida Respublika va xalqaro olimpiadalar va musobaqalar gʻoliblari tanlovdan tashqari hamda tanlangan taʼlim yoʻnalishiga koʻra qaror qabul qilinishi mumkin.

    Kirish sinovlari 1-iyuldan 15-oktyabrgacha qabul komissiya tomonidan tasdiqlangan grafik asosida oʻtkaziladi.
    Oʻquv mashgʻulotlar 2019-yil 2-sentyabrdan boshlanadi.*qabul komissiyaning qaroriga koʻra toʻlov-kontrakt asosida Respublika va xalqaro olimpiadalar va musobaqalar gʻoliblari tanlovdan tashqari hamda tanlangan taʼlim yoʻnalishiga koʻra qaror qabul qilinishi mumkin.

    Manba: Axborot xizmati