Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xitoyning investor-kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv
    18.06.2019

    18-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqovning Xitoyning “China South Industries Group Corporation”, “CITIC Group” va “Costar Group” investor-kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvdan koʻzlangan maqsad turli sohalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda, Oʻzbekiston-Xitoy strategik sherikligi va oʻzaro manfaatli hamkorligini mustahkamlashdan iborat.

    Vazir mehmonlarni qutlar ekan, ushbu uchrashuv joriy yilning aprel oyida Pekin (XXR) shahrida “Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi Xalqaro forumi doirasida ikki davlat rahbarlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarning oʻz vaqtida va toʻlaqonli amalga oshirilishiga zamin yaratishi zarurligiga alohida eʼtibor qaratdi.

    Taʼkidlash joizki, forum maydonida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Huawei”, “Costar Group” va “CITIC Group” kompaniyalari oʻrtasida Kelishuvlar imzolangan edi.

    Uchrashuv doirasida “Xavfsiz shahar”, shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish va elektron sogʻliqni saqlash tizimini yaratish, sunʼiy intellekt (idrok) qoʻllanilgan holda, bemorlarning maʼlumotlariga ishlov berish va ularni saqlash boʻyicha masofaviy bulutli tizimni yaratish singari istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama etildi.

    Xitoyning investor-kompaniyalarining mamlakatimizga tashrifi 2019-yilning 21-iyuniga qadar davom etadi. Tashrif davomida tegishli vazirlik va idoralar bilan bir qator uchrashuvlar rejalashtirilgan boʻlib, ulardan koʻzlangan maqsad axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikning kelgusidagi istiqbollarini belgilab olishdir.

    Manba: Axborot xizmati