Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Thales” kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashuv
    28.06.2019

    28-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov “Thales” fransuz kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasi boʻyicha hududiy vitse-prezidenti Olivye Ashar bilan uchrashdi.

    Vazir mehmonni qutlar ekan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyotiga raqamli va kosmik texnologiyalarni joriy etish vazifasi yuklanganini aytib oʻtdi. Butun dunyoda mashhur hamda yetakchi raqamli va kosmik texnologiyalarga ega boʻlgan, shuningdek, mazkur sohalarda ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi “Thales” kompaniyasi bilan hamkorlik ushbu yoʻnalishga sezilarli koʻmak berishi mumkinligini taʼkidladi.

    “Thales” fransuz kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasi boʻyicha hududiy vitse-prezidenti Olivye Ashar hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga, jumladan, Oʻzbekistonga kosmik soha uchun kadrlar tayyorlashga tayyor ekanini bildirdi.

    Suhbat davomida tomonlar raqamli va kosmik sohadagi hamkorlikning istiqbollari haqida fikr almashdilar.

    Manba: Axborot xizmati