Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Oʻzbektelekom” AK Aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi
    29.06.2019

    2019-yil 28-iyunda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyadorlarining 2018-yil yakunlariga bagʻishlangan yillik umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

    Yigʻilishni “Oʻzbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasining Kuzatuv kengashi raisi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov boshqardi.

    Yigʻilishda jami ovoz beruvchi oddiy aksiyalarning 99,46 foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar 29 598 751 dona ovoz bilan ishtirok etdi.

    Muhokamalar jarayonida aksiyadorlar tomonidan umumiy yigʻilish vakolatida daxldor dolzarb masalalar koʻrib chiqildi. Kun tartibidagi barcha masalalar konstruktiv muhokama etilgach, tegishli qarorlar qabul qilindi.

    Manba: Axborot xizmati