Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amiti Universitetiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi
    01.07.2019
    Joriy yilning 1 iyul kuni Toshkent shahridagi Amiti Universiteti kirish imtihonlarining birinchi bosqichi boshlandi. 
     
    Bugungi kunda, ariza topshirgan abituriyentlar soni qariyb 750 nafarni tashkil qiladi. Hozirda ham roʻyxatdan oʻtish jarayoni www.amity.uz sayti orqali davom etmoqda. 
     
    Kirish imtihonlari Amiti universitetining (Hindiston) professor va oʻqituvchilari tomonidan oʻtkazilmoqda.
     
    Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha imtihonlarlar boʻlib oʻtdi:
    Axborot texnologiyalari sohasida bakalavriat;
    Texnologiyalar bakalavriati – Kompyuter injeniring.
    Shuningdek, joriy yil 2-iyulda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha imtihonlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan:
    Iqtisodiyot bakalavri;
    Turizmni boshqarish bakalavri;
    Biznes boshqaruvi bakalavri;
    Axborot texnologiyalari sohasida magistratura;
    Biznes boshqaruvi sohasida magistratura;
    Asosiy dastur.
     
    Bundan tashqari, yuqoridagi yoʻnalishlar boʻyicha kirish imtihonlarining 2-bosqichi 2019-yil 22, 23-iyul kunlari va 3-bosqichi 2019-yil 12, 13-avgust kunlari oʻtkaziladi.
     
    Toshkent shahridagi Amiti Universiteti binosida qurilish va taʼmirlash ishlari yakunlanmoqda (Toshkent shahri, Labzak koʻchasi, 70-uy).
     
    Butunjahon reytingining top 3 foiziga kiruvchi Amiti universiteti Hindistonning yetakchi universitetlaridan biri hisoblanadi. Hozirda Hindistonning ushbu universitetida 150 000 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. Universitetning bosh binosi Hindistonning Noida shahrida joylashgan.  Uiversitet filiallari 11 ta mamlakat hamda Nyu-York, London, Dubay sngari koʻplab shaharlarda faoliyat yuritadi. 
     

    Manba: Axborot xizmati