Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT sohasida yangi qoʻshma korxona tashkil etildi
    19.07.2019
    “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” doirasida mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasida dasturiy mahsulotlar va maʼlumotlar bazalari ishlanmalari bilan shugʻullanuvchilarning rivojlanishi uchun toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish, ularga qulay sharoitlar yaratish maqsadida yangi “INFORMATION TECHNOLOGY CENTER” MCHJ qoʻshma korxonasi tashkil etildi.
     
    “Delta Telecom International I, LLC” (AQSH) (ustav kapitalining 51 foizi) kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Oʻzbekiston Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” Davlat unitar korxonasi (ustav kapitalining 49 foizi) qoʻshma korxonaning taʼsischilari hisoblanadilar.

    Qoʻshma korxonaning asosiy faoliyat turlari quyidagilar:

    - turli biznes jarayonlarni avtomatlashtirishga yoʻnaltirilgan dasturiy taʼminotlar va ilovalar ishlanmalarini yaratish;

    - turli vazifalarga yoʻnaltirilgan maʼlumotlar bazalarini yaratish va ularga xizmat koʻrsatish;

    - turli axborot tizimlari,maʼlumotlar bazalari, server va boshqa tarmoq qurilmalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish.

    Tashkil etilgan qoʻshma korxona IMEI kodlari boʻyicha respublikada mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tizimini joriy etish loyihasida ishtirok etish bilan oʻz faoliyatini boshlaydi*.

    Eslatib oʻtamiz, 2018-yil 22-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida”gi hukumat qaroriga muvofiq 1-apreldan Oʻzbekistondagi GSM-operatorlari tarmoqlarida foydalaniladigan barcha mobil qurilmalarining avtomatik tarzdagi bepul roʻyxatga olinishi boshlandi.

    IMEI – mobil aloqa operatori mobil aloqasi tarmogʻida mobil qurilmani identifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodi hisoblanib, odatda, 15 ta raqamdan iborat boʻladi.

    *Loyiha haqidagi batafsil maʼlumot www.uzimei.uz portalida joylashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati