Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi Amudaryo tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
    21.08.2019

    O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 20-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

    Xabar berilishicha, ochiq muloqotda vazirlik mas’ul xodimlari, tizimdagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda Amudaryo tumani aholisi vakillari ishtirok etgan.

    Uchrashuv avvalida so‘z olgan tuman hokimi S.Yo‘ldoshev axborot texnologiyalari va xavfsizligi masalalari bugunning eng ustuvor masalalardan biri ekanligiga alohida urg‘u berib o‘tgan.

    Vazirlik vakillari soha yo‘nalishi bo‘yicha 2019-yil birinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Amudaryo tumanida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilariga ma’lumot berishgan.

    Sayyor yig‘ilishda amudaryolik fuqarolar va tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita mas’ul rahbarlarga murojaat qilib, ular yuzasidan javob olishdi.

    Murojaatlar asosan telekommunikatsiya xizmatlari, mobil aloqa xizmatlari, UZDIGIAL TV xizmatlari bo‘yicha tushgan. O‘rtaga tashlangan ayrim muammolar shu kunning o‘zida ishchi guruh tomonidan joyiga chiqib, ijobiy hal etib berilgan, o‘rganish talab qilinadigan murojaatlar nazoratga olingan, mas’ul korxona rahbarlariga esa tegishli ko‘rsatmalar berilgan.


    Amudaryo tumanida 2019-yilda:

    GPON  texnologiyasi asosida 77,7 km. magistral va abonent optik tolali aloqa kabellari tortilgan.

    Tuman markaziga qadar telekommunikatsiya tarmog‘i o‘tkazuvchanligini 10 Gbit/s.dan 100 Gbit/s.gacha oshirish rejalashtirilgan.

    Tuman hududida mobil aloqa kompaniyalarining 125 ta baza stansiyasi bor, 2019-yilda aloqa sifatini yaxshilash hamda mobil aloqa qamrovini kengaytirish maqsadida 9 ta (4,05 mlrd. so‘mlik) baza stansiyasi o‘rnatiladi: «Unitel» MChJ — 4 ta (3G), «Ucell» MChJ — 3 ta (2 ta 4G, 1 ta 2G), «UMS» — 1 ta (3G), «Uzmobile» — 1 ta (3G).

    ADSL texnologiyasi asosida 1016 portdan 907 tasi, NGN texnologiyasi asosida 256 tasida 104 tasi foydalanilmoqda. FTTx  asosida 56 tasidan 30 tasi ishlatilmoqda.

    Amudaryo tumanidagi pochta aloqasi bog‘lamasi 9 ta pochta aloqa bo‘limidan iborat: Qilichbay, O‘rtaqal’a, Kuyuqko‘pir, Qaraman, Qitoy, Jumirtov, Nazarxan, To‘lqin, Chayko‘l.

    Pochta aloqasi sohasida 2019-yilda joriy etilgan yangi xizmatlar: 

    • aholi va korxona, tashkilotlarning pochta jo‘natmalarini tezkor pochta xizmati orqali yetkazib berish
    • kurerlik xizmati
    • aholining kommunal xizmatlari va boshqalarda to‘lovlarni qabul qilish
    • «Uzdigital» kartalarini sotish hamda abonent to‘lovini qabul qilish
    • uyali aloqa xizmatlari uchun dilerlik xizmatini kursatish
    • sug‘urta polislarni sotish
    • aholidan yer va mulk soliq to‘lovlarini qabul qilish.

    Manba: Axborot xizmati