Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan 31-avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiylarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati va markaziy apparati xodimlari ishtirokida Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga tantanali gul qo'yish marosimi bo'lib o'tdi.
AKT vazirligi jamoasi 2-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga ham tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gul qoʻyishdi.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 25-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2-sentabr Xotira kuni etib belgilangan. Bu kuni Islom Karimov xotirasini yod etish yaxshi anʼanaga aylangan.
Manba: Axborot xizmati