Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Belarus Respublikasi aloqa va axborotlashtirish vazirligi bilan hamkorlikda bir qator hujjatlar imzolandi.
    27.09.2019

    Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan «ICTWEEK Uzbekistan 2019» haftaligi doirasida Aloqa tarixi muzeyida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Belarus Respublikasi aloqa va axborotlashtirish vazirligi o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga oid hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Dastlab belaruslik mehmonlar muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishtirildi. Shundan so‘ng ikki vazirlik rahbariyati o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov va Belarus Respublikasi aloqa va axborotlashtirish vaziri Konstantin Shulgan ikki vazirlik o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini qamrab olgan «Yo‘l xaritasi»ni imzolashdi.

    Shuningdek, «O‘zbektelekom» AK va «Beltelekom» RUK o‘rtasidagi operatorlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ahdlashuv bayonnomasi, «O‘zbekiston pochtasi» AJ va «Belpochta» RUK o‘rtasidagi guruhlangan pochta jo‘natmalari bilan almashish tug‘risida shartnoma, Belarus Respublikasi davlat aloqa akademiyasi va Toshkent shahridagi Inxa universiteti talabalari o‘rtasida fan, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi, «UNICON.UZ» DUK va «Giprosvyaz» OAJ o‘rtasidagi hamkorlik va qo‘shma faoliyat to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha hamkorlik hujjatlari imzolandi.

    Marosim so‘ngida Belarus Respublikasi aloqa va axborotlashtirish vaziri Konstantin Shulgan Aloqa tarixi muzeyi faxriy mehmonlar kitobiga o‘z dastxatini yozib qoldirdi.

    Manba: Axborot xizmati