eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

UZMOBILE 5G texnologiyasini sinov tariqasida ishga tushirdi

Yangi avlod tarmoqlarini joriy etishga tayyorgarlik jarayonida “O‘zbektelekom” AK UZMOBILE tarmog’ida sinovdan o’tkazish uchun 5G texnologiyasi bo‘yicha tayanch stansiyalarning dastlabki to‘plamlariga ega bo‘ldi. Joriy yilning 14 sentabr kuni uskunalar o‘rnatildi va dastlabki sinovdan o‘tkazish uchun foydalanishga topshirildi.

17.09.2019

AKT vaziri raqamli iqtisodiyot haqida ma’ruza qildi

Bugun, 16 sentyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tayotgan, Aloqa sohasida hududiy hamkorlik (ASHH) Aloqa ma’muriyatlari rahbarlari kengashi hamda ASHH Axborotlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov raqamli iqtisodiyot haqida ma’ruza qildi.

16.09.2019

Mintaqaviy xalqaro hamkorlik

Shu yilning 16-17 sentyabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Aloqa sohasida hududiy hamkorlik (ASHH) Aloqa ma’muriyatlari rahbarlari kengashining va ASHH Axborotlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

16.09.2019

Xalqaro hunarmandchilik festivaliga bag‘ishlangan maxsus pochta markalari chiqarildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan qadimiy Qo‘qon shahrida 2019-yil 10-sentabrdan 15-sentabrgacha birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tmoqda.

14.09.2019

Axborot tarqatish sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish bо‘yicha parlament eshituvi

2019 yil 12 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalari deputatlaridan iborat Demokratik kuchlar bloki tashabbusi bilan “Axborot tarqatish sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish” mavzusida parlament eshituvi bo‘lib o‘tdi. 

13.09.2019

AKT vaziri Belarus yuqori texnologiyalar parki delegatsiyasi bilan uchrashdi

Kecha, 10-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Belarus yuqori texnologiyalar parki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

11.09.2019

«ICTWEEK Uzbekistan 2019»: O‘zbekistonda AKT haftaligi o‘tadigan kunlar ma’lum bo‘ldi

«ICTWEEK UZBEKISTAN» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi — axborot texnologiyalari sohasida 2004-yildan beri har yili o‘tkazib kelinayotgan yirik va muhim tadbir. Haftalik Sammit, Forum, Ko‘rgazma, matbuot anjumanlari, taqdimotlar, aksiyalar, mukofotlash va boshqa ko‘plab tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

 

11.09.2019

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda birinchi qo‘ng‘iroq chalindi

Bugun, 4-sentyabr kuni Toshkentdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda yangi o‘quv yili tantanali ravishda ochildi.

04.09.2019

AKT vazirligi jamoasi Mustaqillik va ezgulik monumenti hamda Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gul qo'ydi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiylarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati va markaziy apparati xodimlari ishtirokida Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga tantanali gul qo'yish marosimi bo'lib o'tdi.

02.09.2019

Aloqa tarixi muzeyida bayram tadbiri o‘tkazildi

31-avgust kuni Toshkentdagi Aloqa tarixi muzeyida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunkatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Mustaqilligimizning 28 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.

01.09.2019