Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar

Saralash

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat turi joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP)da manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish bo‘yicha yangi xizmat ishga tushirildi.

09.08.2018

Bugundan boshlab Toshkentda ham analog televideniye to‘xtatildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 iyuldagi “Raqamli teleeshittirishlarga o‘tish va yer usti analog teleeshittirishlarni to‘xtatishga doir amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan bugundan boshlab Toshkent shahrida yangi rusumdagi televizori yo‘q yoki televizorga ulanadigan qo‘shimcha qurilmaga(tyuner) ega bo‘lmagan oilalar analog televideniyeni kuzatish imkonidan mahrum bo‘lishdi. 

16.07.2018

Xalqaro standartlarga mos “Xavfsiz shahar”

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Xavfsiz shahar” tizimiga texnologiya va yechimlarni joriy qilishga oid ilg‘or tajribani o‘rganmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Aloqa tarixi davlat muzeyida bo‘lib o‘tgan seminarda “Xavfsiz shahar” tizimini rivojlantirish konsepsiyasi hamda Germaniyaning “Siemens” konserni tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida ishlab chiqilgan so‘nggi ishlanmalar namoyish etildi. 

01.03.2018

Farhod Ibragimov: «2018-yil rezidentlarimiz uchun global miqyosda amaliy natijalar yili bo‘ladi»

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi direktori Farhod Ibragimov davlat ahamiyatiga molik qadam, ichki IT-sohasining istiqbollari va ularni amalga oshirishda biznesning roli to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.

 

25.12.2017

Axborot jamiyati: istiqbol va imkoniyatlar

Poytaxtimizdagi Xalqaro press-klubda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan shu mavzuga bag‘ishlangan matbot anjumani o‘tkazildi. Unda mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet tarmog‘ining milliy bo‘g‘ini, mobil va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish natijalari muhokama qilindi.

18.05.2017

«Elektron hukumat» — xalq bilan muloqotning zamonaviy mexanizmi

“Elektron hukumat” atamasini an’anaviy hukumat tushunchasi bilan adashtirmaslik lozim. Mohiyatiga ko‘ra, mazkur tizim mamlakat miqyosida ma’muriy tartib-taomillarni avtomatlashtiradi, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga hamda ortiqcha sarf-xarajatlarning qisqarishiga zamin yaratadi.

09.03.2017

Har bir murojaat e’tiborda

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida aholi, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha media-tur tashkil etildi. 

03.03.2017

Xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 2016-yil 22-noyabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kuzatuvchilari missiyasi rahbari Yoxan Peter Traugott Teyler bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

22.11.2016

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish yo‘lida

Poytaxtimizda «bulutli» texnologiyalarni amaliyotga joriy etishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ushbu texnologiyalarni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari va ularning axborot texnologiyalari sohasiga ta’siri muhokama qilindi. 

20.11.2016

The Financial Times: Elektron hukumat - kelajakda O’zbekistonning jadal rivojlanishini harakatlantiradigan kuchdir

Britaniyaning nufuzli The Financial Times gazetasida mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi hamda uni davlat va jamiyat hayotining barcha sohalariga joriy etilishi mavzusiga bag’ishlangan “O’zbekiston: elektron hukumat ishonchli demokratiyaning chuqurlashuvi va davlatning shaffofligini ta'minlashga xizmat qiladi” sarlavhali maqola chop etildi.

 

11.11.2016