Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Olmazordagi “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi”ning sertifikatlari topshirildi
    15.11.2019

    Davlatimiz rahbari tomonidan Respublikamizdagi yoshlarga katta ahamiyat berilib, “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish” bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi.

    Ushbu 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi - Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanishni tashkil etishdir.
               Mazkur yo‘nalishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 
    Xususan, Toshkent shahar “Bilim” axborot kutubxona markazi tasarrufidagi “Abdulxamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon” nomidagi kutubxona binosida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi” Olmazor tumani filiali tashkil etildi.
    TATU qoshidagi “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi”tomonidan aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni amalga oshirish maqsadida 2 nafar o‘qituvchi biriktirilib, “Kompyuter savodxonligi”, “Dasturlash” o‘quv kurslari bo‘yicha dasturlar tasdiqlandi. 

    Vazirlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi xodimlari Markazning faoliyatini to‘laqonli olib borilishida hamda o‘quv kurslariga o‘quvchilarni doimiy keng jalb qilish maqsadida Olmazor tumanida joylashgan maktablarda targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borib, Markazga amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqdalar.
    Kuni kecha Olmazor tumanida tashkil etilgan “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi” filialida Olmazor tumani Xalq ta’limi bo‘limi xodimlaridan 22 nafari kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirgan holda o‘quv kursini yakunladilar.

    Ularga o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari uchun Markaz tomonidan sertifikatlar topshirildi.

    Manba: Axborot xizmati