Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Kibersportni rivojlantirish yo‘lida
    19.11.2019

    Davlatimiz rahbari tomonidan Respublikamizdagi yoshlarga katta ahamiyat berilib, “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish” bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi.

    Ushbu 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi - Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanishni tashkil etishdir.

      Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi hamda “Esports Uzbekistan”O‘zbekiston elektron sport o‘yinlari federatsiyasi hamkorligida maktablarning 9-11 sinf o‘quvchilari yoshlar o‘rtasida “Dota-2”, “CS-GO”, “PES-2019” va “Star craft” kompyuter o‘yinlari bo‘yicha WESG xalqaro turniri yo‘llanmasi uchun milliy saralash baxslari tashkil etildi.

    Turnirga Toshkent shahridagi umumta’lim maktablaridan 1075 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

    Murosasiz kechgan bahslarda eng kuchli jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Jumladan, Bektemir tumani 291-umumta’lim maktabi jamoasi “Dota-2”,  o‘yini bo‘yicha shahar bosqichida 1-o‘rinni, Yashnobod tumani 145-umumta’lim maktabi jamoasi “CS-GO”, o‘yini bo‘yicha shahar bosqichida 1-o‘rinni, Respublika miqyosida 2-o‘rinni, Yunusobod tumani 98-umumta’lim maktabi 11-b-sinf o‘quvchisi Kushbakov Bunyod “PES-2019” o‘yini bo‘yicha shahar bosqichida 1-o‘rinni, Yunusobod tumani 98-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Xaydarov Sardorbek “PES-2019” o‘yini bo‘yicha shahar bosqichida 1-o‘rinni, Respublika miqyosida 2-o‘rinni egallashdi.

    Turnirda sovrinli o‘rinlarni egallagan maktab jamoalarini taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tdi. Vazirlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamda tuman xalq ta’limi bo‘limlari vakillari, maktablar ma’muriyati va jamoasi hamda o‘quvchi yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlarda g‘olib jamoalar va o‘qituvchi-trenerlarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

    Manba: Axborot xizmati