Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 2019 yil Butunjahon radioaloqa konferensiyasi bo'lib o‘tmoqda
    20.11.2019

    Sharm-el-Shayx (Misr) shahrida Xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI) ning 2019 yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi (BRK-19)) bo'lib o‘tmoqda.

     Ushbu konferensiyada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etmoqda.

    Har uch-to'rt yilda bir marta o'tkaziladigan Butunjahon radioaloqa konferensiyasi XEI Radioaloqa reglamentini, radiochastota spektri va sun'iy yo'ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga soluvchi xalqaro shartnomani qayta ko'rib chiqishga vakolatli. BRK-19 natijalari cheklangan orbital-chastota resurslaridan foydalanishni oxirgi foydalanuvchilar manfaati uchun boshqarishni yaxshilaydi, tartibga solish organlari va umuman butun dunyo bo'ylab radioaloqa uchun ta'sir ko'rsatadi.

    BRK-19da raqamli iqtisodiyotda muhim rol o'ynaydigan va telekommunikatsiya va AKT sohasiga katta ta'sir ko'rsatadigan eng zamonaviy texnologik yangiliklarga bo'lgan talablar ko'rib chiqiladi.

    Xalqaro tashkilotlar, uskunalar ishlab chiqaruvchilar, tarmoq operatorlari va tarmoq forumlarini ifodalovchi 193 XEI ga a'zo davlatlardan 3500 dan ortiq ishtirokchi, shuningdek XEI radioaloqa sektorining 267 nafar a'zosi  ishtirok etmoqda.

    BRK-19  ishi davomida XEI Radioaloqa sektorining so'nggi to'rt yil davomida o'tkazilgan tadqiqot natijalarini ko'rib chiqish va muhokama qilish, shuningdek, XEI va mintaqaviy tashkilotlarning (BRK-19) kun tartibi masalalari bo'yicha ulushlari (takliflari) asosida 30 dan ortiq masalalar bo'yicha qarorlar qabul qilinadi.

    BRK-19  ishi 22 noyabrgacha  davom etadi. Ushbu konferensiy doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning  bir qator uchrashuvlari belgilangan.

    Manba: Axborot xizmati