Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT Vazirligi tomonidan Dang‘ara tumani markazida yangi kutubxona qurilib foydalanishga topshirildi.
    09.12.2019

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi  tomonidan Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani markazida yangi kutubxona qurilib foydalanishga topshirildi.

    Kelgusida kutubxona tuman aholisi va yoshlari uchun yaxshi bilim olishlari, kitobxonlik darajasni oshirish va zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yosh avlodni tarbilayalashda xizmat qiladi.

    Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va san’atimizni yanada rivojlantirish, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ijodkorlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusdan biri ham bevosita mazkur masalaga daxldorligi bilan ahamiyatga ega.

    Davlatimiz rahbarining  Farg‘ona viloyatiga tashriflarii chog‘ida Dang‘ara tumani aholisi, ayniqsa, yoshlarga zamonaviy qulayliklarga ega kutubxona qurilishi topshirig‘ini bergan edi. Qisqa muddat ichida Dang‘ara tuman markazida ushbu muhtasham ma’rifat va ma’naviyat maskani qad rostladi.  Kutubxona Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan qurilib foydalanishga topshirildi.

    Kutubxonaning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini oshirishga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.

    Mazkur yangi bunyod etilgan axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, zamonaviy kompyuter va jihozlar bilan ta’minlangan. 20 mingdan ortiq kitob fondiga ega bu maskan dang‘araliklar uchun bayramga munosib tuhfa bo‘ldi.

    Manba: Axborot xizmati