Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT-Park Rossiyaning Venchur fondi bilan memorandum imzoladi
    18.01.2020

    Rossiyaning Venchur Fondi va akseleratori – “YellowRockets” va IT-Park oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. “YellowRockets” yirik korporatsiyalar uchun akseleratsiya dasturlarini tashkillashtimoqda va startaplarga ularning rivojlanishining dastlabki bosqichlarida $ 400 000 gacha investitsiya kiritmoqda.

    Mazkur tashrif doirasida tomonlar hamkorlik qilishning imkoni bor barcha yoʻnalishlarini – stajirovka orttirishdan tortib, Oʻzbekiston Respublikasida venchur moliyalashtirishni rivojlantirish boʻyicha ishlashgacha muhokama qildilar, shuningdek hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladilar.

    Memorandumda tomonlar oʻrtasida axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish, konsultatsiya berish va istiqbolli startap loyihalarini, venchur moliyalashtirishni, shuningdek IT-taʼlimni qoʻllab-quvvatlash ekotizimini yaratish boʻyicha tajriba almashish koʻzda tutildi.

    Bitim doirasida “YellowRockets”da IT-Park hodimlarining malakasini oshirish, venchur yoʻnalishi boʻyicha treninglar tashkil etish va IT-Parkning yangi trekerlari va murabbiylari bilan potentsial hamkorlik rejalashtirilmoqda.

    Bundan tashqari, “YellowRockets” asoschisi Sergey Bogdanov IT-Parkning startaplar ekotizimini rivojlantirish jarayonlarining gʻoyat tezkor kechayotgani va Texnopark rezidentlari uchun yaxshi shart-sharoitlar tahkillashtirilgani alohida taʼkidlab oʻtdi.

    Manba: Axborot xizmati